Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilindi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.
2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliygohlarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilindi, deb xabar berdi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni ushbu elektron tizimdagi shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.