Maktab “bufet”lari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi - Ta’lim / Образование

Maktab “bufet”lari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

maktab_oquvchilari_uchun_ovqat_230

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:

– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;

– “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;



– ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;

– respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

– tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;

– umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

– oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;

– shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.