O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?

Kecha poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumani doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savol ham berildi.

“Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, o‘qituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, bugun 1000 AQSH dollaridan ko‘p oylik oladigan ustozlarimiz bor.

 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda oʻqituvchilarning oʻrtacha oylik ish haqi 3,4 mln soʻmni tashkil etadi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.



Shuningdek, oliy toifali, direktor jamgʻarmasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilarning ish haqi miqdorlari 10 mln soʻm.

 

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln soʻm, sinovlardan shaffof o‘tgan o‘qituvchilarga bu pul ham to‘lab beriladi, asosiysi, ustozlar soniga chegara qo‘yilmagan.

 

Shuningdek, olis hududga borib ishlaydigan oʻqituvchilarga 3,7 mln soʻmgacha, xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlgan hamda bugungi kunda oʻqituvchi boʻlib ishlayotganligi uchun 4,1 mln soʻmgacha ustama beriladi.



Hozirda umumtaʼlim maktablarining 1000 AQSH dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi oʻqituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi. Yildan yilga oyliklarimiz va o‘z ustida ishlaydigan ustozlarimiz soni ko‘paymoqda.

 

Barcha ustozlarimiz yuqori miqdorda oylik olishlarini xohlayman. Ularning o‘z ustida ishlashi va munosib yutuqlarga erishishi uchun sharoit yaratib berishga, bor imkonim bilan yordam berishga harakat qilaman” – dedi vazir Hilola Umarova.