Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi e’lon qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.



Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

— o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;

— ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.