O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi - Ta’lim / Образование

O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻzbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi (9-sinf)

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon yozma va ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari Oʻzbekiston tarixi fanidan 5–9-sinflar uchun amaldagi oʻquv dasturi asosida shakllantirilgan.



Oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston tarixi fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 5 topshiriq taqdim etiladi.

Savollarning 2 tasi bilishga, 2 tasi qoʻllashga hamda 1 tasi mulohaza qilishga oid. Mulohazaga oid savolga javob ogʻzaki topshiriladi. Ogʻzaki imtihon qismida oʻquvchi 10 ta variant ichidan bitta mulohazaga oid topshiriq yozilgan biletni tortib oladi va shu topshiriq yuzasidan 15—20 daqiqa tayyorlanib, 3 daqiqa davomida javob beradi.

Oʻquvchi bilet savollariga javob berishi uchun jami 180 daqiqa vaqt beriladi.



Oʻzbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi (11-sinf)

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari Oʻzbekiston tarixi fanidan 6–11-sinflar uchun amaldagi oʻquv dasturi asosida shakllantirilgan.

Oʻzbekiston tarixi fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 test topshirigʻi taqdim etiladi. Savollarning 5 tasi bilishga, 13 tasi qoʻllashga, 2 tasi mulohazaga doir.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.