Ona tili fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi - Ta’lim / Образование

Ona tili fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2024-2025-oʻquv yilida ona tili fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi.

Ona tili fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

27-may kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

Ona tili va adabiyot fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.



Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:


Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:

8-variant
9-variant

Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi.



Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.

Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!