Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi”Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 867-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
— maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — taʼlim tashkiloti) yoʻlga qoʻyilishi;
— maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.