Yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish tartibi tasdiqlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 25-maydagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida”gi 183-son buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
— yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha taʼlim jarayonlarini tashkil etish tartibi;
— tanlov fanlari, xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarning 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalari va tushuntirish xatlari.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.





