Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasi - Ta’lim / Образование

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasi

Ushbu sahifada ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasi va tushuntirish xati bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.

ўқув режа oquv reja documents

1. Mazkur tayanch o‘quv rejalar va uning tushuntirish xatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 94-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqildi.



2. Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tayanch o‘quv rejasi yo‘nalishi va xususiyatiga ko‘ra quyidagi beshta blok-modullardan tashkil topdi:

  • filologiya fanlari;
  • ijtimoiy fanlar;
  • aniq fanlar;
  • tabiiy va iqtisodiy fanlar;
  • amaliy fanlar.


3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 94-sonli buyrug‘ida belgilangan barcha bandlar ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud umumta’lim muassasalariga ham tegishli hisoblanadi.

4. Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud umumta’lim muassasalari 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.



Chuqur o‘rganiladigan fanlar hamda o‘quv rejalari qisqartirilgan fanlarning o‘quv dasturlari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqiladi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

Ayrim fanlarni chuqur o‘rganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risida Nizomning 30-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.



 


Leave a Reply