3-kurs talabasi maktabda dars berishi mumkinmi? - Ta’lim / Образование

3-kurs talabasi maktabda dars berishi mumkinmi?

📌Hukumatning “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (15.10.2021 646-son) qarorining 2-ilovasi, 3-bandiga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3 kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Unga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.



Aynan shu qoidaga ko‘ra 3-kurs kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Avvalgi tartibga binoan talabalar 4 kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi. Quyida 646 sonli qaror bilan tanishib, yuklab olishingiz mumkin.


Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(15.10.2021. №646)

 


Leave a Reply