Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tayinlandi - Ta’lim / Образование

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Karimova E’zoza Gapirjanovna Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tayinlandi

Bundan ilgariroq E.Karimova nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.



U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E.Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.