Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi qachon o‘tkaziladi? Ushbu savolga Prezident ta’lim muassasalari agentligi javob berdi.
Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27 iyul kuni 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
- matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
- ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi
Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Talabgorlar ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko‘chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.