Prezident maktablariga 1-bosqich imtihon o‘tkazish sanasi ma’lum qilindi - Ta’lim / Образование

Prezident maktablariga 1-bosqich imtihon o‘tkazish sanasi ma’lum qilindi

Prezident ta’lim muassasalari agentligining xabar berishicha, Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi.

president-schools

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.



Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



Leave a Reply