O‘qituvchilarga dars soatlari qanday ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilarga dars soatlari qanday ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi?

Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi? Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.


dars_taqdimoti_kalkulyator_tetrad-230

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda 3271- raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida NIZOMning 15-bandi:

15. Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

🔷 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔷 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
🔷chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi buyicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
🔷 TOR-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
🔷 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;



🔷 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
🔷 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
🔷 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔷 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔷 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
🔷 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
🔷 pedagogik yunalish buyicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
🔷 belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
🔷 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
🔷 qayta tayyorlash buyicha diplomga ega o‘qituvchilar;
🔷 oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yunalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
🔷 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
🔷 oliy ma’lumotli ukituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
🔷 oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.



Umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal mikdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin. O‘qituvchi ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi. Aynan bir xil ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan bir nechta o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.

 


Leave a Reply