Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja - Ta’lim / Образование

Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja

Uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilarning uyda yakka tartibda ta’lim olishi uchun 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 30-iyuldagi 261-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.

Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja

O‘quv jarayonini tashkil etish 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur namunaviy tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir ta’lim muassasasi 2025-2026-o‘quv yiliga moijallangan o‘quv rejasini ishlab chiqadi va avgust oyidagi Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.



O‘quv rejaga asosan dars jadvali o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

O‘quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday o‘zgartirish maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.

Barcha turdagi davlat ta’lim muassasalarida mazkur o‘quv reja asosida tashkil etiladigan darslar (mashg‘ulotlar) davlat budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Quyida ushbu buyruq, tushuntirish xati va tayanch o‘quv reja bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.