CHSB, BSB bo‘yicha o‘quvchiga kunlik baho qanday me’zon asosida qo‘yiladi? - Ta’lim / Образование

CHSB, BSB bo‘yicha o‘quvchiga kunlik baho qanday me’zon asosida qo‘yiladi?

Xabaringiz bor, joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.

CHSB, BSB bo‘yicha o‘quvchiga kunlik baho qanday me’zon asosida qo‘yiladi?

Unga koʻra, CHSB sinovlari maktablarda 23-30-oktyabr kunlari — onlayn (kompyuterda) shaklda, 1-noyabr kuni — anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etildi.



Tegishli nizomga muvofiq BSB, CHSB bo‘yicha o’quvchiga formativ baholash (kunlik baholash) tartibi bo’yicha quyidagicha baholanadi:

9-10 ball qo‘yiladi.

Agar o’quvchi darsda:

–  faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;

–  ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

–  uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
– uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.



6-8 ball qo‘yiladi, agar 

–  faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;

–  faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;

–  faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

–  uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.



0-5 ball qo‘yiladi, agar:

–  faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;

–  savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.

 

Uyga vazifalarni bajarishi:

–  uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;

–  uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.

manba