Joriy oʻquv yilining III chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi.
Joriy oʻquv yilining III chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.
Unga koʻra, choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari quyidagi sanalarda oʻtkaziladi:
5-sinflar — 10-mart;
6-sinflar — 11-mart;
7-sinflar — 12-mart;
8-sinflar — 13-mart;
9-sinflar — 14-mart;
10-sinflar — 16-mart;
11-sinflar — 17-mart.






