Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmatining xabar qilishicha, asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi 1-guruh fanlari boʻyicha reja-grafik asosida 24-29-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Olimpiada an’anaviy tarzda 1-guruh (matematika, fizika, kimyo va biologiya) fanlaridan o’zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadi.
Sinovlar 2 turda: yozma va test shaklda tashkil etiladi.
Yozma ish – 5 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
2-turda ochiq va yopiq shaklda 30 ta test topshiriqlari uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
Informatika fani 1 turda o’tkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala taqdim etiladi. Uni onlayn platformada yechish uchun 240 daqiqa vaqt ajratiladi.
Kimyo fani ishtirokchilari o‘zlari bilan Mendeleyev davriy jadvalini, kimyo va fizika fani ishtirokchilari esa kalkulyator olib kirishlari mumkin. Matematika fani ishtirokchilariga qalam, chizg‘ich, o’chirg’ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat beriladi.
Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi 2-guruh fanlari boʻyicha reja-grafik asosida 1-3-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
2-guruh fanlari tarix, davlat va huquq asoslari, geografiya fanlari boʻyicha olimpiada 1 turda, 40 ta test topshirigʻi shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 80 daqiqa vaqt beriladi.
Ona tili va adabiyot, oʻzbek tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan 1 turda, 2 qismga boʻlinib tashkil etiladi. 1-qismda turli qiyinlik darajasidagi 30 ta testdan iborat boʻlib, ishtiroqchilarga 60 daqiqa beriladi. 2-qismda esa tashkiliy qoʻmita 5 tagacha esse mavzusini hakamlar hay’atiga taqdim etadi. Ishtirokchilar qur’a tashlash orqali 1 mavzuni tanlaydi. Yozma ishni bajarish uchun 60 daqiqa beriladi.
Ingliz tili, nemis tili, fransuz tili boʻyicha sinov 1 turda, 2 qismda oʻtkaziladi. 1-qismda tinglab tushunish va oʻqish, 2-qismda esa leksik-grammatik koʻnikmalar baholanadi. Umimiy 180 daqiqa vaqt beriladi.
Yakuniy natijalarga koʻra fanlar kesimida 11-sinfdan 3 nafardan gʻoliblar aniqlanadi va Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma beriladi. Sinflar kesimida eng kuchli 5 nafar nomzodlar xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichida qatnashadi.
📌Ishtirokchilar olimpiadaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), maktabning maxsus ma’lumotnomasi va ruchka bilan kelishlari lozim.
Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishing:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahar 24-sonli maktab (lokatsiya)
Andijon viloyati — Andijon shahar 41-sonli maktab (lokatsiya)
Buxoro viloyati — Buxoro shahar 44-maktab (lokatsiya)
Jizzax viloyati — Jizzax shahar 30-sonli maktab (lokatsiya)
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 50-sonli maktab (lokatsiya)
Navoiy viloyati — Navoiy shahar 7-sonli maktab (lokatsiya)
Namangan viloyati — Davlataobod tumani 58-son maktabi (lokatsiya)
Samarqand viloyati — Samarqand shahar 82-sonli maktab (lokatsiya)
Surxondaryo viloyati — Termiz shahar 9-sonli maktab (lokatsiya)
Sirdaryo viloyati — viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi; (lokatsiya
Toshkent viloyati — Nurafshon shahar 1-sonli maktabi (lokatsiya)
Fargʻona viloyati — Farg‘ona shahar 47-sonli maktab (lokatsiya)
Xorazm viloyati — Urganch shahar 17-sonli maktab (lokatsiya)
Toshkent shahri — Yangihayot tumani 330-sonli maktabi (lokatsiya)





