Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-son (07.08.2024) buyrug‘i eʼlon qilindi.
Unga koʻra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladigan kunlar quyidagi jadval asosida belgilanadi:
№ | Kasbiy rivojlanish kunlari | O‘quv fanlari |
---|---|---|
1 | Dushanba | Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari |
2 | Seshanba | Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari |
3 | Chorshanba | Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science) o‘qituvchilari |
4 | Payshanba | Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari |
5 | Juma | Xorijiy tillar o‘qituvchilari |
6 | Shanba | Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari |
2024-2025-o‘quv yilidan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichini aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya, kimyo) fanlar yo‘nalishida boshlanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladigan tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ro‘yxati ushbu buyruqning 6-ilovasi bilan tasdiqlangan.