Қандай ҳолатларда ўқувчилар мактаб имтиҳонларидан озод қилинади? - Ta’lim / Образование

Қандай ҳолатларда ўқувчилар мактаб имтиҳонларидан озод қилинади?

Qanday holatlarda o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin? Sahifada ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.

maktab-imtihonidan-ozod-etish

Quyidagi holatlarda o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.



O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

O‘quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi. Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.



Qo‘yida bitiruvchilarii yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.



Leave a Reply