Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini bezatish bo‘yicha tavsiyalar - Ta’lim / Образование

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini bezatish bo‘yicha tavsiyalar

Har yili o‘quv yilining boshida maktab ma’muriyati maktab binosini bezatish masalasida izlanib qoladi. Ma’muriyat o‘quv yili boshidan maktabning yangicha ko‘rinishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘zgacha atmosfera olib kirishga harakat qilib, maktab foyesini, yo‘laklarini, sinf xonalarini, qanday bezash mumkinligi to‘g‘risida bosh qotirib qoladi. Ushbu sahifada imkon qadar ta’lim muassasalarini bezatish bo‘yicha barcha tavsiyalarni to‘pladik.


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini bezatish bo‘yicha tavsiyalar

O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda badiiy-estetik didni rivojlantirish hamda umumiy o‘rta tadim muassasalarini zamonaviy talablar asosida bezatish va yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi namunadagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hovlisi, foye va bino yo‘laklarini bezatishning namunaviy talablari bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.



Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hovlisi, foye va bino yo‘laklarini bezatishning namunaviy talablari bo‘yicha tavsiyalar

Umumta’lim maktablarining hududiga kirish qismida, ya’ni maktab darvozasining ikki tomoniga muassasa peshtaxtasi o‘rnatiladi. Mazkur peshtaxta darvozaning chap tomonida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida davlat tilida, o‘ng tomonida esa ingliz tilida (ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarda tegishli tillarda) yozilgan holatda bo‘lishi tavsiya etiladi. Kirish darvozasining peshtoqiga katta harflar bilan maktabning raqami (masalan: 329-sonli umumta’lim maktab) yozib qo‘yilishi mumkin.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar
maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Ta’lim muassasasining hududini obodonlashtirish ishlarini reja va landshaft dizayni asosida muntazam ravishda olib borish tavsiya etiladi.

Ta’lim muassasasiga kirish darvozasidan binogacha bo‘lgan yo‘laklar atrofiga mahalliy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda daraxtlar hamda gul va rayhon ko‘chatlari landshaft dizayni asosida tartib bilan sug‘orish tizimini ko‘zda tutgan holda ekilishi lozim.

Maktab binosining:

  • yon tomonlariga – hududning xususiyatidan kelib chiqib, mevali va manzarali daraxtlar, mavsumiy va ko‘p yillik gul ko‘chatlarini ekish;
  • orqa tomoniga – igna bargli va mevali daraxtlarni ekish tavsiya etiladi.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Maktab binosiga kirish qismida saflanishlar maydonchasining burchagiga tadbirlarda foydalanish uchun bayroq ko‘tarish moslamasi (flagshtok) o‘rnatiladi va davlat bayramlari hamda ta’lim muassasasida tashkil etiladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i flagshtokka ilinadi.



Maktab hovlisi va binoning fasad qismiga har qanday shiorlar, targ‘ibot bannerlarini joylashtirish tavsiya etilmaydi.

Ta’lim muassasasi foyesiga kirish qismining o‘ng tomon (yoki to‘g‘risidagi) devoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning portreti hamda qisqa avtobiografiyasi yozilgan stend o‘rnatiladi.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar


Uning yonida Prezidentning maktab ta’limi sifatini oshirish, jamiyatda o‘qituvchining mavqeini oshirish hamda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga oid quyidagi fikrlaridan iqtibos ko‘rinishida joylashtirish tavsiya etiladi:

1. Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi.

2. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur.

3. Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir.

4. Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.

5. Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili.

6. Ta’lim – tarbiya beshikdan boshlanadi.

7. Ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

8. Biz dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yaratishimiz lozim.

9. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

10. O‘qituvchi deganda – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab – deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimizga keltiramiz.



11. Muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘- e’tiboridir.

12. Xalqimizning eng katta boyligi – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdiri, O‘zbekiston istiqboli o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshirilgan.

13. Ustoz har kuni o‘z ustida ishlashi, innovatsion g‘oya va texnologiyalar bilan qurollanib, bilim va malakasini oshirishi davr talabidir.

14. O‘qituvchi chinakam vatanparvar inson bo‘lishi lozim.

15. Hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda o‘qituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi bor.

16. Maqsadimiz – Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi zarur.

17. Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi
uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

18. Eng muhim vazifa – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdir.

19. Xalqimiz ertasining qanday bo‘lishi farzandlarimiz bugun qanday ta’lim – tarbiya olishlariga bog‘liq.

20. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.


Maktab foyesiga kirish qismining chap tomon devoriga, O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya) aks ettirilgan har biri alohida yoki yaxlit ko‘rinishda tayyorlangan stend joylashtirilishi lozim.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Mazkur stendlarni zamonaviy texnologiyalar rivojini inobatga olgan holda kreativ yondashib, maktabning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, tashqi ko‘rinishi va yoritishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Xususan imkoniyat darajasida yog‘och, orakal, plastik va shisha kabi materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Maktabning foye qismini yorqin rangdagi katta tuvaklarga ekilgan tabiiy gullar bilan bezatish tavsiya etiladi.



Shuningdek, maktabning foye qismiga binoning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga qulay balandlikda quyidagi stendlari did bilan joylashtirish tavsiya etiladi:

  • “O‘zbekiston -2030” strategiyasining asosiy g‘oya va maqsadlari yoritilgan targ‘ibot doskasi.
  • 1 dona – “Dars jadvali”
  • 1 dona – “To‘garaklar jadvali”
  • 1 dona – “Kasblar burchagi”
  • 1 dona – Beshta muhim tashabbusga doir infografika
  • 1 dona – “Umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”
  • 1 dona – a’lochi va faol o‘quvchilarning suratlari joylashtirilgan “Bizning faxrimiz” stendi.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar
maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar
maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Izoh: Maktab foyesining arxitektura jihatidan o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda mazkur stendlarning joyiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.


Turli jadvallar va e’lonlarni katta, tushunarli va bir-biriga mos shriftlarda yozish va chop etish tavsiya etiladi. Sanitariya-gigiyena normalari, dizayn talablari hamda o‘quvchilarni ta’lim olishdan chalg‘itmaslik yuzasidan sanab o‘tilgan stendlardan tashqari maktab foyesiga boshqa turli xil stend va bannerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish mumkin emas.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Maktab foyesining arxitektura jihatdan o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda devorlarga aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan turli xil formulalar. Davriy jadvallar va figuralarning rasmlarini did bilan chizdirish mumkin.

Shuningdek, maktab zinalaridan ta’lim olishda qo‘shimcha manba sifatida foydalanish maqsadida ko‘paytiruv jadvalini aks ettirish tavsiya etiladi.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Maktabning aniq fanlar sinf xonalari eshiklaridan, ularning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda, yo‘lakning pol qismiga maxsus tasvir tushirib transportir sifatida foydalanish ham mumkin.

maktabni jihozlash va bezash boyicha tavsiyalar

Ta’lim muassasasini stendlar bilan bezatish ishlarini tashkil etish uchun o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari (yoki o‘rnini bosuvchi shaxslar)dan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi. Bunday tadbirlarga sarf etiladigan harajatlarni maktabning nobyudjet fondi yoki homiylik mablag‘lari hisobidan qoplash tavsiya etiladi.


 


Leave a Reply