Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 308-son (25.08.2025) buyrugʻi e’lon qilindi.
Unga koʻra:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologining 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Endilikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida har haftaning juma kuni oʻtkazib kelinayotgan “Sinf soatlari” 2025-2026 oʻquv yili davomida har haftaning dushanba kuni birinchi soatida “Kelajak soati” darslari sifatida oʻqitiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning davomatini yuritish, taʼlimga toʻliq jalb etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 7-maydagi 25 q/q, 28 q/q, 1 q/q va 08-06/17-son “Oʻquvchilar davomatini yuritish, taʼlimga jalb qilish ishlarini nazorat qilish va umumiy oʻrta taʻlim maktablarini huquqbuzarliklar holatidan kelib chiqib toifalash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Quyida ushbu buyruq va ilovalar bilan tanishib chiqishingiz mimkin.