2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi - Ta’lim / Образование

2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi.

yangi oquv reja

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 121-sonli (10.04.2025 yil) «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i e’lon qilindi.



Unga ko‘ra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 3-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etiladi.

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2025-yilning 20-avgust kuniga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati boʻyicha qisqa muddatli onlayn oʻquv kurslarini tashkil etiladi.



Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja 1-ilovaga muvofiq;

Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 1a-ilovaga muvofiq;

Taʼlim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja 2-ilovaga muvofiq;

Taʼlim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 2a-ilovaga muvofiq;

Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi tayanch oʻquv reja 3-ilovaga muvofiq;



Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Boshlanadigan o‘quv yilida dars taqsimoti shu o‘quv-reja asosida amalga oshiriladi.