1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish 1-avgust kuni boshlanadi.
Avval xabar berilganidek, my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun boʻsh o’rinlar boʻyicha ariza topshirishingiz mumkin.
❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
My Gov sayti orqali ariza yuborish
❗️ Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni o‘z mikrohududingizda bo‘lmagan boshqa maktabga (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa) joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, 1-avgustdan e’tiboran yangi ariza yuborishingiz mumkin (HAVOLA).
Eng asosiy qoida: Birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog‘liq emas! Avval topshirgan arizangiz, yangi ariza yuborishingizga xalaqit bermaydi. Uni bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi.
1-avgustdan bajarilishi kerak bo‘lgan 5 ta oddiy qadam:
1️⃣ Avvalgi arizangiz tizimda qolaversin, uni bekor qilish shart emas.
2️⃣ my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul” xizmatiga kiring, farzandingizni tanlang va jarayonni qaytadan boshlang.
3️⃣ Hududiy darajani to‘g‘ri tanlang. Ma’lumotlarni to‘ldirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida albatta “Tuman doirasida qabul” bandini belgilang. Shunda keyingi qadamda tizim sizga mikrohududingizdan tashqaridagi hududni tanlash imkoniyatini beradi.
4️⃣ Bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan kerakli maktabni tanlang hamda arizani tasdiqlang.
5️⃣ Yangi arizangiz tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga borish vaqtini belgilaydi (u haqida bildirishnoma yuboriladi).
⚠️ Hujjat topshirish bo‘yicha muhim eslatma: Yangi (2-bosqich) ariza bo‘yicha ijobiy javob olganingizdan so‘ng, farzandingizning hujjatlar to‘plamini yangi tanlangan maktabga shaxsan borib topshirishingiz shart.





