Akademik litseylarga kirish uchun o‘tkazilgan test natijalari (mandat) e’lon qilindi.
2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) e’lon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: O‘quvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: Havola
❗️Ma’lumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.





