Ushbu sahifada umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 17 dekabrdagi 406 son buyrug‘iga 1 ilova
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda – davlat ta’lim standard) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartini joriy etish hamda davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998 yil 5 yanvardagi 5 son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 15 martdagi 140 son qarori.
Davlat ta’lim standarti (DTS) nima?
Davlat ta’lim standarti –
- bu davlatning ta’lim darajasiga qo‘ygan me’yori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo‘lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi;
- ta’limning zarur, yetarli darajasi va o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir.
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
2021 yil 17 dekabrdagi 406 son buyrug‘iga 1 ilova