Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida birinchi chorak yakunlanay deb qoldi. eMaktab jamoasi emaktab.uz (sobiq kundalik.com) elektron jurnaliga 1 chorak baholarini qo‘yish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqishdi. Quyida ushbu yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Chorakni yakunlash va chorak baholarni qo‘yish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Ta’lim – Jurnallar bo‘limiga o‘ting. So‘ngra kerakli sinfni, chorakni tanlang va o‘rtacha ball asosida baholashni amalga oshiring.
Agar o‘quvchi ma’lum sanalarda darsda bo‘lmagan bo‘lsa, siz sabablarini ko‘rsatishingiz va OZ (ozod qilingan) belgisini chorak ustuniga kiritishingiz kerak. O‘quvchiga, har bir jurnalga chorak baho (sabab turiga ko‘ra: sababsiz-b/o, sababli, yoki baholanmaydigan fanlarda – OZ belgisini) qo‘yishingiz kerak.
Maktabda qaysi fanlardan choraklik baholar chiqariladi, qaysi fanlardan esa chiqarilmaydi?
— haftasiga bir soatdan ortiq o‘qitiladigan fanlarga choraklik baho chiqariladi;
— haftasiga yarim va bir soat o‘qitiladigan fanlarga choraklik baho esa chiqarilmaydi.