Janubiy Koreya ta’lim tizimi (video) - Ta’lim / Образование

Janubiy Koreya ta’lim tizimi (video)

Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islootlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar.

Korea Edu

Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882 yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

1894 yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan “Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun” qabul qilindi.



1910 yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘gartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 yil 23 avgustda qabul qilingan “1-Choson ta’lim buyrug‘i” amal qildi.

Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni, mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oily ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919 yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi.

1922 yil 4 fervralda “2-Choson ta’lim buyrug‘i” qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924 yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. 1937 yili Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi.



Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar, yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 yil 3 avgustda “4-Choson ta’lim buyrug‘i” imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim soxasidagi zo‘ravonligi kuchadyi. Jumladan, o‘rta va yuqori makatbalarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944 yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan.



1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreada tabiiyki boshqa soxalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo “Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi” tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi.

1981 yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.



Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimi

 

Ilgari Janubiya Koreyada maktabgacha ta’limga unchalik e’tibor berilmagan bo‘lsada, hozirgi kunda Koreya Respublikasi boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha dunyoda eng yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Koreya bog‘chalari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:

  • Yasli (Boshlang‘ich guruh);
  • O‘rta guruh;
  • Yuqori guruh.

Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimi asosan bolaning boshlang‘ich xar tomonlama rivojlantiruvchi ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan. Bolalar uch yoshdan boshlab koreys va ingliz tillarida o‘qish va yozishni o‘rganadilar. Shu yoshdan boshlab bolajonlar matematika sir-asrorlarini o‘rganadilar. Koreyslar bolalarning jismonan sog‘lom va baquvvatligiga, shuningdek musiqa darslarining o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratadilar. Bog‘chadan boshlab bolalarga judayam katta xajmda uyga vazifalar beriladi, ingliz tili darslarida alohida so‘z va jumlalarni tarjima qilishdan tashqari, bolalar o‘z fikr va qarashlarini ingliz tilida ravon va sodda so‘zlashni o‘rganadilar.



Janubiy Koreya maktab ta’lim tizimi

 

Janubiy Koreyada maktab tizimi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Boshlang‘ich maktab. Ta’lim 6 yil davom etadi;
  • O‘rta maktab. Uch yillik ta’lim;
  • Oliy yoki yuqori maktab.

Boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktab bir biridan alohida binoda joylashgan bo‘lib, tashkiliy tomondan o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik tomoni yo‘q.

Maktab davri 6 yoshdan boshlanadi. Ushbu davrda bolalar bilan bir o‘qituvchi shug‘ullanadi. U bolalarga koreys tili, rasm, musiqa, matematika asoslari va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim beradi. Bola yurt madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishadi.

Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga xuquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi.

O‘quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi “zinapoya” vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi.

O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi.



Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi:

  • davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi);
  • Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi);
  • хусусий юқори мактаблар.


Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi:

  • umumiy maktablar;
  • ихтисослаштирилган мактаблар (қишлоқ хўжалиги,саноат,денгиз хўжалиги,ахборот);
  • maxsus maktablar (litcey shaklidagi maktab);
  • texnika maktablari;
  • chet tili maktabi;
  • jismoniy tarbiya maktabi;
  • san’at maktablari.

Koreyada “o‘qituvchilar tarkibining aralash dars o‘tish” usuli qo‘llaniladi. Unga ko‘ra bir o‘qituvchi bir joyda (sinfda) ko‘p yillar ta’lim berishi ta’qiqlanadi. Asosiy ko‘zlangan maqsad bitta – ta’lim berishda bir xillikdan qochish.

O‘rta maktab 12 yoshdan boshlanib, o‘quvchilar uchun vazifalar ham mukammalashadi. Bolalar 14 soat davomida dars mashg‘ulotlarida bo‘lishadi va maktab kech vaqt qaytshadi.. Ushbu bosqichdan boshlab yangi tartib-qoidalar ishga tushadi. Unga ko‘ra ingliz tili o‘quvchilarga mukammal tarzda o‘qitiladi.

Yuqori maktabda ta’lim 3 yil davom etib majburiy hisoblanmaydi. Ushbu bosqichdagi o‘quv dasturi o‘quvchilarni oliy ta’lim muassalariga o‘qishga kirishga tayyorlashdan iborat.



Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi

 

 

Janubiy Koreya talabalari aholi soniga nisbatan dunyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Janubiy Koreya yuqori ta’lim tizimi dunyodagi boshqa ta’lim tizimlardan farq qilmagan holda 3 bosqichdan iborat:

  • Bakalavriat. Ta’lim olish davri 3 yil, student-shifokorlar uchun 6 yil;
  • Magistratura. Ta’lim 3 yoki 4 yil davom etadi. So‘ng student dissertatsiyani himoya qilishi zarur. Tibbiyot dargohi talabalari milliy ekzamen topshirishlari zarur;
  • Doktorantura. Ta’lim olish davri 4 yilni tashkil qiladi.

 

Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.

 


Leave a Reply