Yaqinda Finlyandiyaga ko‘chib kelgan rus do‘stim farzandini o‘tgan yili 1-sinfga olib bordi. U xavotirga tushib, rus an’analariga ko‘ra, tadbirga tayyorlandi. Har holda boshqa davlat, uni o‘rniga birinchi sinf. Tayyorlanmay bo‘ladimi? Keyinchalik u shok holatda bo‘lgan voqealarni aytib berdi.
Birinchi shok
Maktab oldida 14 avgust kuni soat 9:00 da yig‘ilish kerak. Dastlabki shok holatim, o‘quvchilar xuddiki uyda nima kiyishsa, o‘sha kiyimda kelishgan. Kostyum shim, galstuk taqib, gulchambar ko‘tarib olgan o‘g‘lim hammaning ko‘z o‘ngida taklif qilingan san’atkorga o‘xshab qoldi.
O‘qituvchini gul bilan bizdan boshqa hech kim tabriklamadi. Sharlar, kuy-qo‘shiqlar umuman yo‘q. Maktab direktori chiqib kim qaysi sinfga borishini aytdi va shu bilan bizning birinchi sentyabr nihoyasiga yetdi.
Barcha chet elliklar: hindlar, yahudiylar, ruslar, ukrainlar va boshqalar bir sinfda o‘qishadi. Darsni fin o‘qituvchi va uch nafar tarjimon olib boradi.
Ikkinchi shok
Ota-onalardan maktabga tayyorgarlik uchun hech narsa talab etilmaydi. Maktab papkasidan tortib kepkagacha maktab ta’minlaydi. “Sizning farzandingiz juda ajoyib, biz u bilan til topishib ketishimizga ishonchim komil” hamma o‘qituvchining tilida shu gap.
O‘qituvchilarning yagona so‘rovi farzandingiz bilan yetarlicha vaqt o‘tkazayapsizmi? Agar javob yo‘q bo‘lsa, sizni maktab psixologi bilan uchrashuvga taklif qilishadi.
Uchinchi shok
Uchinchi shok: hamma o‘zi nima yeyishini maktab sayti orqali bir kun oldin xabar beradi, ba’zi bolalarga yog‘li ovqat mumkin emas. Barchasini siz o‘zingiz oldindan buyurtma berasiz.
Forma degan narsa umuman yo‘q, kim qanday xohlasa, shunday kiyim kiyadi. Partada o‘tirish umuman majburiy emas, bola xohlasa, gilamda o‘tirib ham dars o‘tishi mumkin. Asosiysi bolaga qulay bo‘lsa, bo‘ldi.
Finlyandiya maktabidagi ikir-chikirlar:
— maktablar hududi to‘silmagan, kirish qismida xavfsizlik yo‘q. Ko‘pgina maktablarning kirish eshigida avtomatik qulflash tizimi o‘rnatilgan, siz binoga faqat jadvalga binoan kirishingiz mumkin;
— bolalar parta qarshisida o‘tirishlari shart emas, ular polda (gilamchada) o‘tirishi mumkin. Ba’zi maktablarda sinf xonalari divanlar va kreslolar bilan jihozlangan. Boshlang‘ich maktab binolari gilam va gilamchalar bilan qoplangan;
— o‘quvchilar va o‘qituvchilar kiyimi uchun biron bir talab, shuningdek, forma ham yo‘q, siz hatto pijamada ham kelishingiz mumkin. Poyafzalni almashtirish talab yetiladi, ammo ko‘pchilik yosh va o‘rta yoshli bolalar paypoq bilan yugurishni afzal ko‘rishadi;
— iliq ob-havo sharoitida darslar ko‘pincha ochiq havoda, maysazorda yoki amfiteatr shaklida maxsus jihozlangan skameykalarda o‘tkaziladi. Tanaffus paytida kichik maktab o‘quvchilarini, hatto 10 daqiqa bo‘lsa ham ko‘chaga olib chiqish kerak;
— uy vazifasi kamdan-kam hollarda so‘raladi. Bolalar dam olishlari kerak. Va ota-onalar bolalar bilan mashg‘ulotlarda qatnashmasliklari kerak, o‘qituvchilar buning o‘rniga muzeyga, o‘rmonga yoki hovuzga oilaviy sayohat qilishni maslahat berishadi;
— “doskada” o‘qitish qo‘llanilmaydi, bolalar materialni qayta aytib berishga taklif qilinmaydi. O‘qituvchi darsning umumiy ohangini qisqacha belgilaydi, so‘ngra o‘quvchilar o‘rtasida yurib, ularga yordam beradi va bajarilayotgan vazifalarni nazorat qiladi. Yordamchi o‘qituvchi ham xuddi shunday qiladi (fin maktabida bunday pozisiya mavjud);
— daftarlarga qalam bilan yozish va xohlagancha o‘chirish mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchi topshiriqni qalam bilan tekshirishi mumkin!
P.S. Nufuzli PISA tashkiloti tomonidan har 3 yilda o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, fin maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori darajadagi bilimlarini namoyish yetishdi. Ular, shuningdek, sayyoramizda eng ko‘p o‘qiydigan bolalardir, ular tabiiy fanlar bo‘yicha 2-o‘rinni va matematikadan 5-o‘rinni egalladilar. Bunday yuqori ball bilan o‘quvchilar o‘qish uchun eng kam vaqt sarflashlari aqlga sig‘maydi.