Qon nega nomsiz barmoqdan olinadi? - Ta’lim / Образование

Qon nega nomsiz barmoqdan olinadi?

Nima uchun qon analizlar uchun aynan nomsiz barmoqdan olinadi? Boshqa barmoqlardan yoki boshqa joylardan olsa bo‘ladimii? Ushbu savolga maqolada batafsil javob berishga harakat qildik.

Qon nega nomsiz barmoqdan olinadi?

Bosh va kichik barmoqdan qon olish tavsiya etilmaydi. Gap shundaki, terining har qanday zararlanishi, hatto tibbiy muassasada ham infeksiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu barmoqlarning ichki membranalari qo‘lning membranalari bilan bog‘langan – agar ularga infeksiya tushsa, u butun qo‘lga tarqalishi mumkin.



Qolgan barmoqlarning membranalari alohida joylashgan bo‘lib, agar ularga infeksiya tushgudek bo‘lsa ham uni bartaraf etish bir qadar yengilroqdir.

Nomsiz barmoqning yana bir afzalligi shundaki, u qo‘lning eng kam “ishlatiladigan” qismidir. Shuning uchun uning terisi yupqa bo‘lib, jarayon og‘riqsizroq kechadi. Xuddi shu sababli, ya’ni barmoq kamroq harakat qilganligi uchun undagi yara tezroq bitadi.

 


Leave a Reply