Biz uzoq vaqtdan beri Yaponiyaning o‘ziga xos an’analari va qoidalariga ega bo‘lgan boshqa Sayyora ekanligiga o‘rganib qolganmiz. Ammo yapon maktabi haqida nima deyish mumkin? Mana, «Quyosh chiqar yurt» haqida to‘qqizta qiziqarli fakt.
Yaponiyadagi bolalar bog‘chasi majburiydir va odatda 3 yoshdan boshlanadi. Bolalar bog‘chasida allaqachon bolalar arifmetika asoslarini o‘zlashtiradilar va hiragana va katakanani o‘qiy oladilar.
Maktabga kirish uchun barcha bolalar imtihon topshirishlari kerak. Maktabga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatsiz topshirganlar tayyorgarlik maktabida o‘qishlari yoki kelgusi yilda yana o‘qishga kirishga harakat qilishlari mumkin.
Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim majburiy va bepul. O‘rta maktab va universitetlarda o‘qish pullik hisoblanadi.
Boshlang‘ich maktabda uy vazifasi berilmaydi. Ammo o‘rta va yuqori maktablarda uy vazifalari juda ko‘p beriladi, shuning uchun yapon o‘rta maktab o‘quvchilari mamlakatdagi eng band odamlar hisoblanishadi.
Har bir maktab o‘ziga xos o‘quvchilar formasiga ega
Maktabga kirganingizdan so‘ng darhol poyabzal uchun shkaflari o‘rnatilganini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Aksariyat maktablarda soch rangi bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjud. Faqat sochlarning tabiiy rangi maktab o‘quvchilari uchun maqbul hisoblanadi.
Qizlar uchun ham ba’zi qoidalar mavjud: sochni jingalak qilish, bo‘yanish, tirnoqlrni lakka buyash yoki zargarlik buyumlar taqish (soatdan tashqari) mumkin emas.
Maktab o‘quvchilari faqat oq, qora yoki to‘q ko‘k rangli paypoq kiyishlari mumkin. Agar o‘quvchi deylik, maktab qoidalariga zid bo‘lgan jigarrang paypoq kiygan bo‘lsa, unda bu paypoqlar musodara qilinishi mumkin.
Maktabdagi odatiy yapon sinfi 30-40 o‘quvchidan iborat.
Darslar davomida o‘quvchilar odatda yil bo‘yi bir sinfda bo‘ladilar, o‘qituvchilar esa sinfdan sinfga “ko‘chib” dars o‘tadilar.
O‘quvchilari yapon tilida o‘qish va yozish uchun 2500 ga yaqin belgilarni (harflarni) o‘rganishlari kerak.
Yapon bolalari o‘qish va yozishni uch xil usulda o‘rganishlari kerak: to‘g‘ri yaponcha belgilar, xitoycha belgilarning yaponcha versiyasi va lotin alifbosi.
Yaponiya maktablarida asosiy fanlar matematika, yapon tili, ijtimoiy fanlar, hunarmandchilik, musiqa va jismoniy tarbiya hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili ham o‘qitiladi.
Maktablar ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadilar. Barcha maktablarda internet mavjud.
Maktablarda barcha sinflar kichik guruhlarga bo‘linadi. Ushbu guruhlar turli xil tadbirlarni amalga oshiradilar, masalan, sinfni, hovlini, zallarni va boshqalarni tozalashadi.
Tadbirlar klubi maktablarda yana bir muhim omil hisoblanadi. Aksariyat maktablar o‘quvchilarni ikkita klubdan birida qatnashishga undaydi: sport klubi (futbol, kendo, beysbol, dzyudo, tennis, yengil atletika, suzish, voleybol, regbi) yoki madaniyat klubi (xattotlik, matematika, ta’lim). Klub a’zolari darsdan keyin uchrashib, birgalikda vaqt oʻtkazishadi.
Yaponiya maktablarida farroshlar yoʻq. Dars tugagandan soʻng, oʻquvchilar har kuni sinflarni, koridorlarni, yuvinish xonalarni va maktab atrofini tozalashadi.
Yaponiyada bolalar 6 yil davomida boshlang‘ich maktabga, 3 yil davomida o‘rta maktabga, 3 yil davomida yuqori maktabga va 4 yil davomida universitetga boradilar.
Yozgi ta’til taxminan 40 kun davom etadi. Odatda, u 20 iyuldan 31 avgustgacha davom etadi. Qishki ta’til taxminan 10 kun davom etadi va 26 dekabrdan 6 yanvargacha davom etadi. Bahorgi ta’til ham taxminan 10 kun davom etadi va 25 martdan 5 aprelgacha davom etadi.
Yaponiya o‘quv yili aprel oyida boshlanadi.
O’quvchilariga yozgi va qishki ta’til uchun uy vazifalari beriladi.
Odatda, maktab kuni soat 8: 30 dan 15:00 gacha davom etadi.
Maktab o‘quvchilari sog‘lom turmush tarzi, informatika, musiqa, san’at, jismoniy tarbiya va uy xo‘jaligi kabi fanlarni o‘rganadilar, shuningdek an’anaviy san’at – xattotlik va xayku (she’r turi) o‘rgatiladi.
Har bir maktabda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini va menyularni tayyorlashni nazorat qiluvchi dietolog (ovqatlanish mutaxassisi) mavjud.
Yapon bolalari o‘rta maktabdan yuqori maktabga o‘tish uchun imtihonlardan o‘tishlari kerak. Shuningdek, har trimestr oxirida va birinchi va ikkinchi trimestr o‘rtalarida imtihon topshirishadi.
Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim yurtiga kirish imtihonlari natijalari qanchalik yaxshi bo‘lsa, universitet yoki kollej ta’limi uchun pul to‘laydigan yirik kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishadi. Keyin o‘qishni bitirgan talaba ushbu kompaniyada ishlashga boradi va o‘qish uchun pul ish haqqidan ushlab qolinadi.
Universitetda talabalar o‘zi qiziqqan fanlarni tanlaydi. Ularda kurs ishi va diplom ishi degan narsalar yo‘q. Lekin talaba bir necha sahifali hisobotlarni yozishlari shart.