Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.
Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.
Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. So‘nggi yil ichida Universitet 1 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 5 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasi hamda 44 talaba respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Universitetda 780 ta professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shulardan 204 ta fan nomzodlari va dots.ntlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 31% tashkil etadi.
Universitet va filiallarining umumiy maydoni 54,4 ming km2 ni tashkil etib, unda 380 o‘quv auditoriyalari, 113 nafar o‘quv laboratoriyalari, 10 ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, 9 sport majmualari va maydonchalari, 7 ta talabalar turar joylari va 11 oshxona binolari faoliyat yuritadi.
Fakultetlar:
- Kompyuter injiniringi;
- Dasturiy injiniring;
- Kiberhavfsizlik;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Televizion texnologiyalar;
- Radio i mobil aloqa;
- AKT sohasida iqtisodiyot va menejment;
- AKT sohasida kasb ta’limi;
- TATU-BGUIR qo‘shma axborot texnologiyalari
Manzil: 100084.
Toshkent shahri, Amira Temur shox ko‘chasi, №108 uy.
Mo‘ljal: Akvapark
Telefon: +998 71 238 64 15
Faks: +998 71 233 37 48
E-mail: info@tuit.uz
URL: www.tuit.uz
Jamoat transporti: 72, 93, 51, 24, 50, 26, 63, 115