Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti — Italiyaning Turin shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorligda tashkil etilgan bu universitet Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan. Universitetning asosiy maqsadi yuqori texnologiyaga asoslangan sanoatning yuqori tarmoqlariga yetuk kadrlar yetkazib berishdan iboratdir.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti (TPTU) 2009 yil 27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus Ta’lim vazirligi, O‘zavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Polictecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni
2022/2023 ўқув йилида Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriat bosqichining har bir yo‘nalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:
Yo‘nalish nomi | O‘rinlar soni |
---|---|
Mashinasozlik texnologiyasi / Avtomobilsozlik | 200 |
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi) / Dasturlash muhandisligi | 350 |
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura/ Arxitektura va dizayn | 100 |
Biznes boshqaruv – Menejment | 200 |
Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari | 100 |
Kirish imtihoni
Kirish imtihonlari test shaklida bo‘lib, qiyinlik darajasi O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturi darajasida bo‘ladi.
Test quyidagilardan iborat:
- Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa)
- O‘qib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
- Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
- Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)
To‘liq imtihon 42 savoldan iborat bo‘lib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri.
Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:
- 1 ball – agar to‘g‘ri javob tanlansa (1 ball qo‘shiladi)
- -0.25 ball – noto‘g‘ri javob tanlansa (to‘plangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
- 0 ball – javob tanlanmagan bo‘lsa (ball yo‘qotmaysiz).
Barcha savollar ingliz tilida bo‘ladi!
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li, uy №17.
Mo‘ljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus kinoteatri.
Telefon: +998712468051, +998712468052
Faks: +998712466092
E-mail: info@polito.uz
URL: www.polito.uz