Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura 2025-yil dekabr oyiga qadar joriy etilishi belgilandi.
Xususan, Universitetlarda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etiladi.
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishdan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.
Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tizimdagi oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilinadi.
Magistraturada masofadan o‘qitish va davlat tomonidan diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalarni bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqiladi.