13−14 mart kunlari (juma va shanba) Navro‘z bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda 13−14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, hasharlar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etiladi.
Ushbu sanalar juma va shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Umumxalq hasharlari anʼanaviy ravishda Oʻzbekistonda yiliga ikki marta oʻtkaziladi: Navroʻz bayrami, 21 mart arafasida va respublika mustaqilligi kuni 1 sentabrdan oldin.
Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari, shu kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.





