“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi - Ta’lim / Образование

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi

Joriy yilning fevral oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.

Yil oʻqituvchisi tanlovining ikkinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi

Unda tanlovning dastlabki bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 624 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.

Mazkur bahslarda nomzodlarning oʻz fani boʻyicha dars oʻtish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hayʻati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yoʻli orqali) 40 ballik tizim asosida baholandi.

Tanlovning ikkinchi bosqich natijalari bugun pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborildi.

Oʻrnatilgan tartibga koʻra, har bir tuman (shahar) boʻyicha 2 nafardan, jami 416 nafar pedagog tanlovning uchinchi bosqichiga tavsiya etildi.

❗️Tanlovning uchinchi bosqichining oʻtkazilish vaqti va shartlari xususida vazirlikning rasmiy kanallari orqali doimiy axborot berib boriladi.

📌Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming soʻm)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.