Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi - Ta’lim / Образование

Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Endi pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Unga koʻra 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

— pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

— oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.



Davlat va nodavlat OTMlardagi talabalar bilimi past boʻlgan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari yopiladi

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi.

Bunda diagnostika natijasiga koʻra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni cheklash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Pedagog kadrlar tayyorlashda davlat buyurtmalarini prognoz qilish va shakllantirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona dasturiy kompleksi (ERP) maʼlumotlari tahlil qilinadi va tegishli takliflar ishlab chiqiladi.



13 ta pedagogika oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi

Unga koʻra yuqoridagi pedagogika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan davlat oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

Endi pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

 



Leave a Reply