CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi - Ta’lim / Образование

CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihonlar sanasi maʼlum qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi

Imtihonning yozma bosqichi 10–11- va 14–19-may kunlari oʻtkaziladi. Gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari esa 12-maydan 13-iyungacha boʻlgan muddatda, shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari kunlarda boʻlib oʻtadi.



Talabgorlar oʻz imtihon kuni, manzili va aniq vaqtini my.gov.uz portali orqali “Mening arizalarim” boʻlimidan bilib olishi mumkin. Shu boʻlimdan ruxsatnoma ham yuklab olinadi. Ruxsatnomada test sinovida qatnashish vaqti va joyi aniq koʻrsatiladi. Talabgorlardan belgilangangan vaqtdan kechikmasdan imtihon binosiga yetib kelishlari soʻralmoqda.

Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga faqatgina shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta orqali kirish mumkin.

1-smena uchun kirish soat 7:00 dan 8:30 gacha amalga oshiriladi. Soat 8:30 dan kech qolganlar test sinoviga kiritilmaydi.



2-smena uchun esa kirish 13:00 dan 14:30 gacha davom etadi va bu vaqt oʻtgach kelgan talabgorlarga testda qatnashishga ruxsat berilmaydi.

Maʼlumot uchun, ushbu test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qaroriga muvofiq 20-iyun kuni eʼlon qilinadi. Shu sababli, talabgorlardan imtihon tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilish va belgilangan talablarga amal qilish soʻraladi.

 


Leave a Reply