O‘qituvchilar olgan yangi toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar olgan yangi toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi yoki toifa Sertifikatlari qachon tarqatiladi? Sahifada ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Savol: Men 2024 yil 18 aprel kuni o‘tkazilgan toifa testlarida ishtirok etib, ikkinchi toifadan birinchi toifaga o‘tish ballarini to‘pladim. 76 ball oldim. Menga qachon birinchi toifa Sertifikat berildadi? (S.Ye.E.Andijon v, Jalaquduq tumani 62-IDUMI o‘qituvchisi)



📌 Nizomning 47-bandi Attestatsiya yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.



Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.



Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga borish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida joylashgan shaxsiy kabinetiga (pedkadr.uzedu.uz) kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin.



📌 Nizomning 48-bandi Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

P.S. Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilayotgan attestatsiyaning oxirigi kuni 31 may hisoblanadi.

manba



Leave a Reply