Yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish davom etmoqda. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi bahorgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlandi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 6-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborish 1-martga qadar davom etadi. Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborishda quyidagi uch usulning biridan foydalanish mumkin:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi platformasi – pedagog.uzedu.uz
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali – my.gov.uz
- Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali:
— Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;
— shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;
— attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.
Attestatsiya jarayonlari qoyidagi ketma-ketlikda amalaga oshiriladi:
- Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
- Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
- Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.





