Endilikda oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagoglar ham attestatsiyaga jalb qilinadi - Ta’lim / Образование

Endilikda oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagoglar ham attestatsiyaga jalb qilinadi

Hukumatning tegishli qaror bilan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalari berish tartibiga qator oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Endilikda oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagoglar ham attestatsiyaga jalb qilinadi

Jumladan,

Nizomning 5-bandiga ko’ra, (yangi tahrirda) Attestatsiyaga taʼlim tashkilotlarining barcha pedagog kadrlari jalb etiladi. (farqi, ilgari faqat oliy maʼlumotli pedagoglar jalb etilar edi, endlilikda oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglar ham attestatsiyaga jalb etiladi).



Nizomning 44-bandiga ko’ra, (yangi tahrirda yangi d-kichik bandi qoʻshilmoqda) oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlarga malaka toifalari berilmaydi, ular:

55 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa – attestatsiyadan oʻtgan, lavozimi saqlangan;

55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa – attestatsiyadan oʻtmagan, oʻqituvchi lavozimiga muvofiq emas, deb hisoblanadi.



Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.

Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

44-1 bandi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.



Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Attestatsiyadan oʻta olmaganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.