Joriy yil 233 ta maktabdagi 9 mingga yaqin 15 yoshli oʻquvchilarning bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan PISA sinovlariga tayyorgarlik doirasida test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi.
Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, AKT mutaxassislarining vazifalari, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.
❗️Ma’lumot uchun, 2022-yilda O‘zbekiston maktablari PISA testida ilk bor ishtirok etgan edi. Sinov natijalariga ko‘ra, o’quvchilarimiz 81 ta mamlakat vakillari orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida 80-o‘rinni egallagandi.