PIRLS xalqaro tadqiqotlari haqida nima bilasiz? (video) - Ta’lim / Образование

PIRLS xalqaro tadqiqotlari haqida nima bilasiz? (video)

PIRLS xalqaro tadqiqotlari qanday amalga oshiriladi? PIRLS topshiriqlari namunalari bilan bilan qayerda tanishib chiqish mumkin? Maqolada ushbu savollarga javob berishga harakat qildik.

PIRLS haqida nima bilasiz? (video)

PIRLS nima? PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study’) – bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Tadqiqot davriy ravishda – har besh yilda bir marta o‘tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o‘tkazilgan.


PIRLS oʻqish ta’limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi magsadlarda foydalanadilar:

— global miqyosida ta’lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;

— yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan ta’lim siyosatining ta’sirini kuzatib borish;

— ta’limning zaif nuqtalarini belgilash va o‘quv islohotini amalga oshirish;

— PIRLS ma’lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni takomillashtirish;

— adolatlilikni kuzatish yoki qo‘shimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash tegishli ishlarni olib borish;

— o‘qishni va o’qitishni o‘rganish.

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va oʻqitishni yaxshilashda ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga garatilgan.


PIRLS topshiriqlari namunalari (video shaklida)

PIRLS topshirigi: “Tomdagi gullar”

PIRLS topshirigi: “Antarktida — muzlik qit’asi”

PIRLS topshirigi: “Minib ko‘ring”

PIRLS topshirigi: “Dushman pirogi”


PIRLS topshiriqlari namunalari (pdf fayl shaklida)

Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan PIRLS mashq daftarlari e’tiboringizga havola etilmoqda.

Mazkur daftarlar oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirish, oʻqiganlarini tahlil va talqin qilish hamda toʻgʻri xulosa chiqara olish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha didaktik material sifatida tuzilgan.

Ushbu 4-sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan PIRLS mashq daftarlari va baholash mezonlari PIRLS tadqiqotining ochiq mabalaridan foydalanib ishlab chiqilgan.