O‘qituvchilar ish rejalarini elektron jurnalga qanday kiritishlari kerak? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar ish rejalarini elektron jurnalga qanday kiritishlari kerak?

Ushbu maqolada o‘qituvchilar taqvim mavzu rejalarini emaktab.uz tizimiga kiritishlari bo‘yicha kichik yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘qituvchilar ish rejalarini elektron jurnalga qanday kiritishlari kerak kundalik.com-yoriqnoma

Faylni import qilish uchun tayyorlash

Import tartibini boshlashdan oldin, *.xlsx yoki  *.xls (Microsoft Excel 2007-2014) dastlabki fayllarni ma’lumotlar bilan tayyoorlashingiz kerak. Fayl oldindan eksport qilingan bo‘lishi mumkin.

Fayl quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • dars raqami;
  • dars mavzusi;
  • uy vazifasi.

_________.png Dars rejalarini dars raqamlari ko‘rsatilgan ustun bo‘lmasa ham import qilish mumkin. Agar dars raqamlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular avtomatik tarzda, o‘z ketma-ketligi bo‘yicha raqamlanadi.

Faylda barcha darslar bo‘lmasligi mumkin.

Dars rejalarini import qilish uchun to‘ldirilgan faylning misoli:



Eslatma: ustun nomlari majburiy emas. Ish rejasini import qilish uchun namunaviy fayl maqolada ilova qilingan.

Import

Import tartibini amalga oshirish uchun kursorni (ko‘k menyu tasmasidagi) «Ta’lim» bo‘limiga o‘tkazishingiz kerak va ochilgan menyuda «Jurnallar» yorlig‘ini tanlang.

Jurnallar sahifasida «Dars soatlarini rejalashtirish» yorlig‘iga o‘ting va sahifaning o‘ng tomonidagi tugmasini bosing.



1-qadam. Ma’lumotlar manbayi

Import qilishni rejalashtirishning ushbu bosqichida siz dastlabki ma’lumotlarga ega faylni tanlashingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun «Faylni tanlash» 📎 tugmasini bosing va oldindan tayyorlangan hujjatni qo‘shing. Keyin faylning birinchi qatoridagi tarkibni ko‘rsating: ustunlar yoki ma’lumotlarning nomini belgilang va «Keyingi» tugmasini bosing.


2-qadam. Sozlamalar.

Ochilgan sahifada jadvalni rejalashtirish parametrlarini ko‘rsatishingiz kerak:

  • o‘quv yili;
  • sinf;
  • fan;
  • o‘quv guruhi;
  • o‘quv davri.


Keyin ustunlarning yozishmalarini belgilashingiz kerak va «Keyingi» tugmasini bosing.

 

3-qadam. Ma’lumotlarni tekshirish.

Dastlabki tekshirish natijalari import faylidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatadi.

mceclip3.png

 

Ma’lumotlarni tekshirish jarayonida tizim ish rejasi kataklarida import qilish vaqtida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar xaqida xabar beradi. Tizim dars mavzulari va uy vazifalarini almashtirib berishi yoki o‘z holicha qoldirishi mumkin. Darsni rejalashtirishning har bir satrida siz harakatni tanlashingiz mumkin: import qilish yoki import qilmaslik.

Kerakli harakatlarni tanlaganingizdan so‘ng, «Import qilish» tugmasini bosing.

Agar dastlabki tekshirish muvaffaqiyatli bo‘lsa, «Keyingi» tugmani bosishingiz kerak.



4-qadam. Import.

Tizim import natijalari bщlgan sahifani ochadi. Agar siz yana fayl import qilmoqchi bo‘lsangiz, «Yangi import qilishni boshlash» tugmasini bosing.

Uy vazifasini import qilishda avtomatik ravishda quyidagi parametrlar o‘rnatiladi:

    • UV-ni tugatish muddati – keyingi darsning sanasi;
    • avvaldan belgilangan, maktabda ishlatiladigan baholash turi;
  • baholar soni – 1 baho;
  • jurnallarda ko‘rinishi – «Ko‘rinmasin»;
  • UV-ni tekshirish talab qilinadi;
  • tavsif fayli talab qilinmaydi;
  • UV tavsifi import qilingan fayldan to‘ldiriladi;
  • Darsda qatnashgan barcha o‘quvchilar uchun «berilgan» maqomi ko‘rsatiladi.

 

manba

 


Leave a Reply