Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2024-2025-oʻquv yilida matematika fanidan 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi.
31-may kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.
Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:
3-variant
8-variant
Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi.
Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.
Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!