Milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi - Ta’lim / Образование

Milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan noyabr oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda my.gov.uz sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

🔹 21-noyabr — biologiya;
🔹 22-noyabr — kimyo;
🔹 24-noyabr — fizika (elektron shaklda);
🔹 28-29-noyabr — matematika.



❕ Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim.

Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida baholanadi.

 


Leave a Reply