Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi - Ta’lim / Образование

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2025-2026-oʻquv yilida Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi.

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi.



O‘g‘il bolalar

1-bilet

1. Yengil atletika. Past startdan 60 metr masofaga yugurish.
Meʼyor: (soniya) 9,0 – 9,5 – 10,0

2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga eʼtibor berish).
Meʼyor: (marta) 9 – 7 – 5

3. Gandbol. Qoʻl toʻpini bajarish texnikasiga ahamiyat qaratgan holda 30 metr
masofaga olib yugurish.
Meʼyor: (soniya) 6,6 – 6,7 – 6,8



Qiz bolalar

4-bilet

1. Yengil atletika. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish.
Meʼyor. (soniya) 10,0 – 10,5–11,0

2. Gimnastika. Argʻamchida 1 daqiqa davomida sakrash.
Meʼyor: (marta) 100 – 90 — 80

3.Voleybol. Voleybol toʻpini ikki qoʻlda bosh ustida oʻz–oʻziga oshirish.
Meʼyor: (marta) 20 – 15 – 10