Matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi - Ta’lim / Образование

Matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi

9-sinflar uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi.

Matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi.

✅ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.

Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi.



Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.

Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.



Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkaziladi.

Izoh: Barcha variantlardagi 5- va 7-savollar asosida imtihon bo‘lib o‘tadi.