Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
Matematika fanidan imtihon oʻtkazish tartibi (9-sinf)
Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Umumtaʼlim maktablarning 9-sinf oʻquvchilarini matematika fanidan bilim darajasini aniqlash maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 ta topshiriq taqdim etiladi.
Har bir variantda oʻquvchiga 20 tadan (12 ta algebra, 8 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) bilishga, 12 tasi (7ta algebra, 5 ta geometriya) qoʻllashga, 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.
Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
Matematika (Asosiy) fanidan imtihon oʻtkazish tartibi (11-sinf)
Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Oʻquvchilari uchun matematika fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 topshiriq taqdim etiladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari matematika va geometriya fanlaridan 5–11-sinflar uchun amaldagi oʻquv dasturi asosida shakllantirilgan.
Har bir variantda oʻquvchiga 20 tadan (12 ta algebra, 8 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) bilishga, 13 tasi (8ta algebra, 5 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.
Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan imtihon oʻtkazish tartibi
(11-sinf)
Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Umumtaʼlim maktablarning 11-sinf oʻquvchilarini matematika fanidan bilim darajasini aniqlash maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 25 ta topshiriq taqdim etiladi.
Har bir variantda oʻquvchiga 25 tadan (15 ta algebra, 10 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) bilishga, 15 tasi (9ta algebra, 6 ta geometriya) qoʻllashga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.
Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.





