Shaharmi-qishloqmi, sovxozmi-kolxozmi, ovulmi-posyolkami, hammasida maktab bor. Ayniqsa qishloqlarda maktab eng katta tashkilot, eng yirik ish beruvchi, eng ko‘p odam yig‘iluvchi maskan. Geografik jihatdan qayerda yashashimizdan qat’i nazar hammamiz (hech mubolag‘asiz – hamma joyda va hammamiz) o‘qituvchilardan eshitgan gaplarni jamlashga harakat qildim.
— Falonchi tomdan tashlasa, sen ham tashlaysanmi?
— Esingdan chiqib qolibdi? Es bormi o‘zi senda?
— Gapiraversang beti qotadi, uraversang eti qotadi!
— Yo‘qotib qo‘ydim? O‘zing ham yo‘qolib ketmabsanda!
— O‘tir! Zvonok o‘qituvchi uchun, muallimdan keyin chiqasan tashqariga.
— Kechikkanlar darsga kirib o‘tirmasin!
— Tashqariga chiq-da, xonaga boshqatdan odamga o‘xshab kir!
— Shu xonada bir emas ikkita o‘qituvchi turibdi, sizlar gaplashib o’tiribsizlar hurmat qayerda qoldi?
— Bahoni hozircha qalamda qo‘yib turaman.
— Dokumentingni berib yuboraman, qaytib maktabda qorangni ko‘rsatma.
— Nima balo, tualetga tushib ketdingmi?
— Sen bola qachon odam bo‘lasan?
— Sochingni oldirib kelmasang o‘zim qaychilab tashlayman!